Terma jamoa safida xet-trik qayd etish uchun Xolandga 6 ta uchrashuv kifoya qildi

12 okt 2020, 08:35
Norvegiya terma jamoasining 20 yoshli hujumchisi Erling Xoland Millatlar ligasida doirasida Ruminiya termasiga (4:0) qarshi bellashuvda yorqin o'yini bilan ajralib turdi.

Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Xolandga terma jamoa safida xet-trik qayd etishi uchun 6 ta o'yin etarli bo'ldi. Qolaversa, Ruminiyaga qarshi bellashuvda Erling raqib darvozasiga 7 marta aniq zarba berishga erishdi.

Erling Xoland 2019 yilning sentyabrida Norvegiya terma jamoasi safida Maltaga (2:0) qarshi bahsda debyut o'yinini o'tkazgandi. 20 yoshli hujumchi termasi safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka Football