

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovga Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi "Terek" klubi qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda "Terek" klubini tojikistonlik Rashid Rahimov boshqarmoqda. Klub Rossiya premer-ligasida 17ta turdan so'ng 28 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.





