Ter Shtegen: "Real" Ispaniya chempionligiga munosib edi"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2017, 15:18
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Real" so'nggi mavsumda chempionlikka munosib bo'lganini tan oldi.

So'nggi mavsum natijalariga ko'ra, "Qirollik klubi" LaLiga chempioniga aylandi, Kataloniya klubi esa ikkinchi o'rinni egalladi.

"Barselona" chempionlik uchun kurashda juda kuchli raqibga mag'lub bo'ldi. Biroq, kelasi mavsumda sovrinni o'zimizga qaytarib olmoqchimiz va buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es