Ter Shtegen hamkasbini maqtadi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019, 10:51
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Manchester Yunayted"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/4 final javob o'yini oldidan raqiba jamoa posboni David de Xea haqida fikr bildirdi.

"De Xea - dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. David MYUning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Bunday posbonlarga qarshi o'ynash doimo yoqimli" - deydi ter Shtegen.

"Barselona" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun, 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 1:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca