

"So'nggi yillarda ko'p muvaffaqiyatlarga erishdim va oldinga qadam tashlashda davom etmoqchiman. "Barselona"dagi kabi terma jamoada ham birinchi raqam bo'lmoqchiman. O'zimni ko'rsatish va jamoaga yordam berish uchun qo'limdan kelganini qilaman.
Mart oyida yig'ilamiz va vaziyatni tahlil qilib chiqamiz. Qarorni murabbiy qabul qiladi va u o'zining yangi g'oyalarini amalda qo'llaydi.
Noyer jarohat olganida unga xabar yozdim va u ham javob yo'lladi. Hozir uning qaytishiga ancha vaqt bor, ammo tiklanish yaxshi o'tadi deb umid qilaman. Unga inson va hamkasb sifatida tezroq sog'ayib ketishini tilayman" - deydi ter Shtegen.


