Ter Shtegen: “Bravo bilan raqobatimiz uzoq davom etishi mumkinmasdi”

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 02:33
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoani Klaudio Bravo tark etgach, o'z o'yin saviyasi o'sganligini ta'kidlab o'tdi.

“Bizning o'rtamizda jiddiy raqobat kechgandi, sababi har ikkimiz ham doim maydonga tushishni istardik. Hozir vaziyat o'zgardi va biz ikkilamiz ham hozir o'z jamoamizda yaxshi holatdamiz. U “Siti”da, men esa “Barselona”da doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'layapmiz.

Nimadir o'zgarishi lozim edi. Chunki bunday holat uzoq davom etishi mumkinmasdi. Hozir men tez tez maydonga tushayapman va ko'plab uchrashuvlarni o'tkazmoqdaman. Bu menga o'sishimga va o'z o'yinimni yaxshilashimga imkon beradi”, deydi “Barsa” posboni.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo