

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi kelasi yozda futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar darvozabonni katta summaga sotishlari mumkin, ammo uning o'rniga futbolchi topilsagina.
30 yoshli ter Shtegen joriy mavsum "Barselona" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yubordi. Uning Kataloniya jamoasi bilan kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.



