Ten Xagning o'rniga bosh murabbiy bo'lishga asosiy nomzod nomi ma'lum

Khoja
7 iyun 2024, 09:26
Manchester Yunayted Erik ten Xag bilan xayrlashishi mumkin.

Hozirgi vaqtda MYU rahbariyati niderlandiyalik murabbiyning o'tgan mavsumdagi natijalarini o'rganib chiqishmoqda. Ma'lum bir tekshiruvlardan so'ng yaqin kunlar ichida ingliz jamoasining rahbariyati ten Xag borasidagi so'nggi qarorni qabul qiladi. Uning o'rniga qizil iblislarni boshqarishga asosiy nomzod sifatida Maurisio Pochettino ko'rilmoqda.

Ma'lumot uchun, niderlandiyalik murabbiy MYUda 2022 yildan beri ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa joriy mavsum APLda 8-pog'onadan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com