Ten Xag nima uchun Ronaldu "Manchester Siti"ga qarshi derbida maydonga tushmaganini aytdi

Оқил Абдубарноев
2 okt 2022, 22:39
Yakshanba kuni “Manchester Yunayted” safarda “Manchester Siti”ga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Qizil iblislar" hujumchisi Krishtianu Ronaldu butun 90 daqiqa davomida zaxira o'rindig'ida o'tirdi. O'yindan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagdan nima uchun Ronalduning maydonga tushirilmagani haqida so'rashdi.

Erik ten Xagning so'zlariga ko'ra, u Krishtianu Ronalduning “karerasini hurmat qilgani uchun” maydonga tushirmagan.

Endilikda “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi doirasidagi "Omoniya"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News