Ten Xag Liverpulga qarshi o'yin oldidan: Biz mavsumni qutqarib qolishimiz kerak

Khoja
17 mar 2024
Manchester Yunayted ustozi Erik ten Xagning fikricha Angliya kubogidagi g'alaba jamoasini joriy mavsumdagi omadsizlikdan asrab qolishi mumkin.

Biz mavsumni qutqarib qolishimiz kerak. Hozir bizda mavsumni kubok bilan yakunlash imkoni bor. Yana uchta o'yin orqali, biz kubokka ega bo'lishimiz mumkin.

Liverpulga qarshi har qanday bahs katta uchrashuv sanaladi. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Ertaga bizni katta imtihon kutmoqda, bizga chaqiruvlar yoqadi. Biz doim o'zimizga ishonganmiz. Buni yakshanba kuni isbotlash kerak, - dedi ten Xag.

Eslatib o'tamiz, bugungi uchrashuv soat 20:30 da bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru