Ten Xag: "Hozir bor fikrim "Ayaks"da"

Mirjalol Normatov
24 apr 2022, 15:32
Kelasi mavsumda "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'liga oladigan "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag hozircha jamoasida mavsumni yakunlashni o'ylayotganini ma'lum qildi.

"Hozircha "Manchester Yunayted"dagi rejalar haqida o'ylayotganim yo'q. Bor fikrim "Ayaks"da. Biz uchinchi sovrinni qo'lga kiritishga yaqin turibmiz. "Ayaks"dagi barcha mas'uliyat mening bo'ynimda. Shu sababli "Manchester Yunayted"dagi savollarni muhokama qilgim kelmayapti", - dedi ten Xag.

Ayni damda "Ayaks" chempionat turnir jadvalida yaqin taqibchisini 4 ochkoga ortda qoldirgan holda yetakchi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal