

"Barselona" kabi yirik jamoalar bilan to'qnash kelganingizda, o'zingizning eng yaxshi futbolingizni ko'rsatishingiz kerak, aks holda, sizda imkoniyat qolmaydi.
Biz keyingi bosqichga chiqmoqchimiz va shuning uchun ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishimiz lozim. Biz bunga ishonamiz va uchrashuv boshlanishini intiqlik bilan kutamiz", – dedi ten Hag.
Jamoalar o'rtasidagi Ispaniyadagi birinchi o'yin durang (2:2) bilan yakunlangan edi. Manchestyerdagi javob uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.



