Ten Hag Maguayrning MYUdagi holati haqida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022, 10:35
Futbolchi kam o'ynamoqda.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag joriy mavsum ko'p o'ynamagan himoyachi Harri Maguayrning holati haqida gapirdi.

"Uning o'z roli bor. Endi u jarohatdan keyin ritmga qaytishi kerak. Maguayrning zaxira o'rindig'ida qolishi Angliya terma jamoasi uchun yaxshi emasligini tushunaman, lekin men "Manchester Yunayted"da ishlayman. Men klubga natija keltirishga harakat qilaman", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

29 yoshli centrbek Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida atigi 2 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal