Temurxo'ja Abduxoliqov terma ixtiyoriga yetib keldi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019
Yaqindagina "Lokomotiv"dan BAAning "Xorfakkan" jamoasi tarkibiga ko'chib o'tgan Temurxo'ja Abduxoliqov O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inlariga qo'shildi.

Futbolchi 4 oktyabr kunida BAA Pro-Ligasi doirasida jamoasi tarkibida "Fujayra" maydoniga safar qilgandi. Bugun esa Vadim Abramov boshqaruvidagi termamizning yig'iniga yetib keldi.

Qayd etish kerak, bugun milliy termamiz Olimpiya termamizga qarshi bahs olib borishadi.

Ma'lumot uchun, legionerlardan Ikrom Aliboev hamda Eldor Shomurodov hali ham klub ixtiyorida va ular yaqin kunlarda termamiz qarorgohiga yetib kelishadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia