Temur Usmonov "Lokomotiv" ko'rigida

Alisher
5 fev 2022, 17:52
O'tgan mavsum "Dinamo"da o'ynagan futbolchi "Lokomotiv" ko'rigida.

27 yoshli futbolchi bundan bir necha yil oldin PRO-Ligada to'purarlik maxoratini ko'rsatib,  ko'pchilikni e'tiboriga tushgandi. Ammo keyinchalik Temur Superligada ham barqaror o'ynab keta olmadi. 

Har mavsum jamoasini o'zgartirishga majbur bo'layotgan Usmonov kuni-kecha "temiryo'lchilar" lagerida paydo bo'ldi. Ammo uning hozircha jamoada qolish-qolmasligi aniq emas. 

Ma'lumot uchun,  Temur Usmonov ilgari "Lokomotiv" yoshlar tarkibida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia