Temur Hakimov "Oq-tepa" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2015, 16:54
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq hujumchisi Temur Hakimov faoliyatini birinchi ligada davom ettiradi.
"Temur Hakimov bugun "Oq-tepa" bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi jamoamizning g'alabalariga hissa qo'shadi degan umiddamiz", - deb yozadi "Oq-tepa" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o'tamiz, Hakimov o'tgan mavsumni "Paxtakor" safida boshlagan va yozda "Olmaliq" klubiga ijaraga berilgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia