Temmi Rimda! U "Roma" tarixidagi eng qimmat xaridmi?

17 avg 2021, 16:34
"Bo'rilar" matbuot xizmati Abraxamning transferini e'lon qildi.

"Roma" mazkur futbolchi uchun "Chelsi" hisob raqamiga 40 mln evro o'tkazib beradi

E'tiborli jihati, "aristokratlar" tarbiyalanuvchisi "Roma" tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylandi. U mazkur ro'yxatda faqat chexiyalik Patrik Shikdan orqada. Quyida "bo'rilar"ning top-10 xaridlari bilan tanishing.


o'yinchiyoshqachon?klubtransfer narxi
1Patrik Shik222018-19"Sampdoriya"42 mln evro
2Temmi Abraxam232021-22"Chelsi"40 mln evro
3Gabriel Batistuta312000-01"Fiorentina"36 mln evro
4Antonio Kassano182001-02"Bari"31 mln evro
5Leonardo Spinaccola262019-20"Yuventus"29,5 mln evro
6Steven Nzonzi292018-19"Sevilya"26,65 mln evro
7Vinchenso Montello251999-00"Sampdoriya"25,82 mln evro
8Xaver Pastore292018-19PSJ24,7 mln evro
9Xuan Iturbe212014-15"Verona"24,5 mln evro
10Pau Lopes242019-20"Betis"23,5 mln evro


Eslatib o'tamiz, "Roma" 3 avgust kuni hamyurtimiz Eldor Shomurodovni o'z safiga qo'shib olgandi. O'zbekistonlik futbolchining transferi Rim klubi uchun 17,5 mln evroga tushdi. U "bo'rilar" tarixidagi eng qimmat xaridlar reytingida 20-o'rinni band qilib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia