Telles MYUda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shartnoma bugun imzolanadi

Alisher
5 okt 2020
"Portu" himoyachisi Aleks Telles "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

Braziliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga transferni yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

U tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng klub bilan "4+1" ko'rinishida shartnoma imzolaydi. Oldinroq xabar berilganidek, "Portu" 27 yoshli himoyachi uchun 20 million evro talab qilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano