

Oldinroq, Kataloniya klubi 2016-2018 yillarda o'sh apayt hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti bo'lgan Xose Mariya Enrikes Negreyrega 1,4 mln. evro o'tkazib bergani aytilgan edi. Klubdagilar bu to'lov yosh futbolchilar hisoboti va hakamlik uchun amalga oshirilgan deyishdi. Keyin "Barselona" Negreyrega 2003 yildan beri umumiy 4,7 mln. evro to'lagani ma'lum bo'ldi.
"Hozircha ular ichki tekshiruv boshlangani haqida ma'lum qilishdi, boshqa hech narsa aytishmadi.
Agar Laporta tuzukroq tushintirish bermasa, u iste'foga chiqishi kerak. Balki u iste'fo berar, chunki klub qilgan ish jinoyat bo'lishi mumkin" - deydi Tebas.



