

Saken Djyetibaevich bugun 44 yoshni qarshi oldi. 1975 yilning 22 avgust kuni dunyoga kelgan bugungi kun qahramonimiz ixtisosligi bo'yicha vrach-epidemiolog. U 2002 yilda Toshkent Davlat medicina institutini tamomlagan. Lekin sportga bo'lgan qiziqish tibbiyotdan ustun keldi.
Amaldagi O'zbekiston chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi rivoji uchun ulkan xissa qo'shgan Saken Polatov joriy 2019 yilda bir yo'la ikkita sport tashkilotiga rahbar lavozimiga tayinlandi. Avvaliga fevral oyida O'zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari, keyin esa iyunda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti etib tayinlandi. Hozir bor e'tibor Tokio-2020 Olimpiadasiga qaratilgan. Shu bilan birga sentyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkaziladigan boks bo'yicha jahon chempionatiga ham Saken Polatov boshchiligida katta tayyorgarlik ketyapti. Ayni kunlarda Chechenistonda o'tkazilayotgan xalqaro turnir charm qo'lqop ustalarimizga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Fursatdan foydalanib, Saken Djyetibaevichni bugungi unutilmas kun - tavallud ayyom bilan saytimiz ijodkorlari va muxlislari nomidan muborakbod etamiz. Sportimiz fidoiysi va jonkuyariga uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.




