Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar Iroq Kubogi finalida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi referilar Iroq Kubogi final bahsida ishlash uchun tayinlov olgan.

Bu bo'yicha Iroq futbol federatsiyasi O'zbekiston futbol associyaciyasiga rasmiy taklif yuborgan.

Unga ko'ra, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da Bag'dod shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqaradi. Unga qanotlarda Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yordam beradi. VAR hakami sifatida esa Ahrol Risqullaev ish olib boradi.

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

VAR hakami: Ahrol Risqullaev



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази