Tailand yoki Xitoy CAFA musobaqasining 8-ishtirokchisiga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 mar 2023, 14:01
Tailand terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasining (CAFA) ilk chempionatida sakkizinchi ishtirokchi bo'ladi.

Bu haqda "Sport-Ekspress" xabar bermoqda.

Tailand futbol federatsiyasi hozircha buni tasdiqlamadi. Rad etilgan taqdirda, bu o'rinni Xitoy terma jamoasi egallaydi.

Turnir 9-21 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Tojikiston, Eron, O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va Afg'oniston CAFA chempionatida qatnashishi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс