Tailand Osiyo chempionati mezbonligidan chetga chiqdi

Xayrulla Xoliqov
21 iyul 2017, 12:49
Bugun Tailand futbol assotsiatsiyasi OFKga 2023 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qila olmasligini ma'lum qildi.

Murojaatda buning aniq sabablari ko'rsatilmagan, faqat Tailand musobaqaga mezbonlik qila olmasligini bildirgan xolos. Endilikda Osiyo Kubogi-2023ni o'tkazish uchun ikkita da'vogar qoldi: Xitoy va Janubiy Koreya. 

Tez orada kim mezbon bo'lishi aniq bo'lsa ajab emas. Ma'lumki, 2019 yilgi Osiyo Kubogi 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAAda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com