Tachmurad Agamurodov: "Buxoro"dan nima uchun ketganimni bilmayman"

Narzulla Saydullayev
21 noya 2013, 11:41
Xabaringiz bor, o'tgan hafta "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Tachmurad Agamurodov o'z lavozimidan ozod qilinib o'rniga Edgar Gess olib kelindi.
Axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Tachmurad Agamurodovdan intervyu oldi. Uning asosiy qismini sizlarga taqdim etamiz.

- Tachmurad Shamakovich, Turkmanistonga qachon jo'nab ketgandingiz?

- Mavsum yakunlangach vatanimga qaytib ketgandim. Hozir Ashxoboddagi uyimdaman.

- "Buxoro"dan ketishingiz sababini o'zingizdan eshitsak. Nima uchun iste'foga chiqishingizga to'g'ri keldi?
- Ishdan ketishim sababi to'g'risida shunday xulosaga keldimki, klubning sport direktori Gennadiy Kochnev o'g'lini muntazam ravishda maydonga tushirishimni xohladi. Vaholanki, ayni paytda uning o'g'li asosiy tarkibga kirishga tortmasdi. Buni bilib turib uni maydonga tushishini istadi. Iste'foga chiqishining asosiy sababi shunda deb bildim. Jamo yomon natija qayd etgani yo'q. 6-o'rin "Buxoro" uchun yomon natija emas deb o'ylamayman. To'g'risi "Buxoro"dan nima uchun ketganimni menga hech kim tushuntirib bergani yo'q. Menga hech kim xayr, xizmatingiz uchun rahmat deb ham qo'ygani yo'q. Yoki sizning natijangizdan qoniqmadik, shu sabab siz bilan xayrlashayapmiz deb aytishmadi. Albatta, shunisi menga alam qildi.

Boburbek Tursunov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia