Tabares: "Urugvay mag'lubiyatga munosib edi"

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2016
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares o'z shogirdlarining Meksikaga qarshi bahsdagi mag'lubiyatini (1:3) haqqoniy deb hisoblaydi.

"Meksikaliklar o'yinni bizdan yaxshi boshladi va hududiy ustunlikka erishishdi. Tezkor gol esa ularga ishonch bag'ishladi. Faleroning chetlatilishidan so'ng vazifamiz yanada og'irlashdi, ammo mag'lubiyatga munosib ekanligimizni tan olaman" - deydi Tabares.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca