

Ushbu mashg'ulotlarda olimpiya terma jamoasi bilan BAAda yig'in o'tkazayotgan futbolchilardan tashqari barcha o'yinchilar qatnashishdi. Shuningdek, chernogoriyalik Adnan Oraxovac bugun yurtimizga yetib keladi va mashg'ulotlarni boshlaydi.
"Paxtakor" safiga "Sho'rtan" klubi yarim himoyachisi Suxrob Berdiev qo'shildi. Futbolchi kecha "sherlar" safida mashg'ulot o'tkazdi.



