Suxrob Berdiev: "Asosiy e'tibor himoyada..."

Narzulla Saydullayev
13 apr 2015
“Sho'rtan” hamda “Dinamo” uchrashuvida yagona gol muallifi bo'lgan Suhrob Berdiev o'yindan keyin matbuot xodimlariga bergan qisqa intervyu berdi:
- Avvalambor tabriklar uchun raxmat aytmoqchiman. Ammo bu g'alaba yolg'iz o'zimga emas balki butun jamoadoshlarimga ham tegishli.  Raqiblarimiz bugun kutganimizdek asosiy e'tiborini himoyaga qaratishdi, shuning evaziga ayniqsa birinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlarimizni ham amalga oshirolmadik. Lekin ikkinchi bo'limdagi murabbiylarimizning bergan  ko'rsatmalarini aniqroq bajarishga harakat qildik va natijada gol urishga muyassar bo'ldik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz