Suxrob Berdiev "Paxtakor"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
16 dek 2015, 19:30
G'uzorning "Sho'rtan" klubi yarim himoyachisi Suxrob Berdiev 2016 yilgi mavsumni yangi klubda boshlashga yaqin.

25 yoshli yarim himoyachi O'zbekiston chempioni "Paxtakor" safiga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Bu haqda klub bosh murabbiyi No'mon Hasanov saytimizga ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Berdiev bu mavsum "Sho'rtan" safida 28ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia