Suso tez orada La Liga klubiga o'tadi

Alisher
25 yanv 2020
"Milan" yarim himoyachisi Suso Ispaniyaga qaytishga yaqin.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi "Sevilya" bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. "Sevilya" Susoni mavsum so'nggiga qadar ijaraga oladi.

Rasmiy xabar tez orada e'lon qilinadi. Suso joriy mavsum "Milan" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato