"Surxon" yil boshidan buyon beshinchi darvozabon xizmatidan foydalanmoqda

Sherzod Nurmatov
11 avg 2022, 20:12
Termiz klubi ayni paytda Coca Cola Superligasi 15-turi doirasida Namanganda "Navbahor" klubi mehmoni bo'lmoqda.

E'tiborlisi, "Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes bugun darvozani Azizxon Isaqovga ishonib topshirib, ushbu mavsumning o'zida beshinchi posbonga o'ynash uchun imkoniyat taqdim etyapti. 

Bungacha termizliklar tarkibida darvozabonlar Shohruh Eshbo'taev (9 ta o'yin), Davron Merganov (4 ta o'yin), Xaver Ximenes (2 ta o'yin) va Azamat Ahmedov (suratda) (1 ta o'yin) maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia