

Oldinroq qaysi futbolchilar jamoa bilan Abu Dabiga bormagani haqida ma'lumot bergandik. Ro'yxatda bir qator yangi futbolchilar ham bor.
Marat Bikmaev va Kaxi Maxaradze jamoaga qaytishgani haqida xabar chiqqan edi. O'tgan mavsum "Surxon"da o'ynagan hujumchi Abdulaziz Yusupov ham "Loko" bilan BAAga yo'l oldi.
E'tiborlisi, "Lokomotiv" futzal klubi a'zosi Sarvar Shoahmedov ham futbol jamoasi bilan yig'inga yo'l oldi. Sarvar Sanjar Shoahmedovning akasi hisoblanadi.
Rustam Nartadjiev ("Istiqlol"da ijarada edi)
Farruh Ibrohimov ("Istiqlol"da ijarada edi)
Kaxi Maxaradze ("So'g'diyona")
Kamron Saidazimov (AGMK)
Davron Umirov ("Buxoro")
Sarvar Shoahmedov ("Lokomotiv" futzal jamoasi)
Abdulaziz Yusupov ("Surxon")
Marat Bikmaev ("Paxtakor")



