Superliga. Tur goli - Sanjar Tursunov

Tolibjon Qosimov
8 iyul 2020
Coca Cola Superligada 8-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Superliga. Tur darvozaboni - Islomjon Abdullaev


Ortda qolgan 8-turning eng chiroyli goli deb AGMK a'zosi Sanjar Tursunovning zarbasini topdik. Olmaliqliklar o'z maydonlarida "Qo'qon-1912"ni qabul qilishdi va 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bahsning 56-daqiqasida Sanjar maydonning narigi tomonidan turib darvozaga zarba yo'lladi, Botirali Ergashev oldinga chiqib ketgani bois to'p to'rdan joy oldi. 62.5 metrdan urilgan bu gol hali yil goli bo'lish uchun ham asosiy davogar bo'lishi mumkin.


Shu tariqa, Sanjar Tursunov 8-turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Bu gol turni ham, chempionatni ham bezab berdi.

Video

TAS-ix emas




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia