Superliga. Ikkita penalti, raqib darvozaboniga qizil va "Qo'qon-1912"ning yirik g'alabasi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2018, 21:51
"Qo'qon-1912" hamda AGMK o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 17-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 27-daqiqada Bubanya o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topildi va bosh hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Murod Xolmuhammedov penaltidan gol urdi - 1:0. 

44-daqiqada bosh hakam Jasur Hakimovni yiqitishdi deb topdi va mehmonlar darvozasi tomon ikkinchi penaltini belgiladi. Murod Xolmuhammedov bu safar ham penaltidan gol urdi - 2:0.

65-daqiqada AGMK posboni Paevl Matyashga avvaliga sariq kartochka ko'rsatildi. U hakamga keskin etiroz bildirganligi uchun ikkichi sariq va qizil kartochka bilan jazolandi.

72-daqiqada burchak to'pidan so'ng Suhrob Berdiev hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "Qo'qon-1912" g'alabaga erishdi.



20:00 - “Qo'qon-1912” –  AGMK 3:0

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Andrey Sapenko, Davron Akmalov.
Nazoratchi: Arslon Hotamov.
Komissar: Bobur Haydarov.

Gollar: Murod Xolmuhammedov 28 penalti, - 1:0. Murod Xolmuhammedov 44 penalti, - 2:0. Suhrob Berdiev 72, - 3:0.

“Qo'qon-1912”: 1. O'tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (96. Muhammadanas Hasanov, 62), 5. G'iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov (11. Firdavs Asadov, 71), 17. Quvondiq Ro'ziev (55. Darko Gojkovich, 66), 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov.

Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 41. Saveliy Abramov, 78. Bexruz Sadilloev, 79. Iqbol Malikjonov, 97. Muslim Qurbonov.


AGMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 11. Jasur Hasanov, 13. Lutfulla To'raev, 15. Vladimir Bubanya, 16. Milosh Trifunovich, 21. G'ulohaydar G'ulomov (22. Abdumalik Abdullaev, 46), 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 71. Jamshid Hasanov (14.  Zoxir Pirimov, 55), 72. Alisher Samatov (99. Nizomiddin Ziyavuddinov, 67).

Zaxira: 6. Azamat Isroilov, 9. Zafar Polvonov, 17. Kamoliddin Murzoev, 19. Vladislav Kasminin, 36. Shaxboz Umarov, 70. Oybek Qilichev.

Ogohlantirishlar: Yovan Jokich 9, Lutfulla To'raev 25, Vladimir Bubanya 27, Javohir Sidiqov 33, Pavel Matyash 65.

Chetlatish: Pavel Matyash 65 (2SK)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia