Superliga. "Surxon" Navoiyda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2020, 20:09
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


YANGILASH

1. Uchrashuv boshlandi. 

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Surxon"ning davomli hujumlari Kasyanning goli bilan yakunlandi. Hujumchining chamasi 10 metrlardan yuqori burchakka yo'llagan zarbasi aniq chiqdi - 0:1.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ruslan Margievning jarimadan yo'llagan aniq va kuchli zarbasi darvoza to'ridan joy oldi - 1:1. 

24. "Surxon" jamoasining navbatdagi hujumi. Kasyanning boshi bilan bergan zarbasi biroz kuchsiz chiqdi

38. Alisher Sanoevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

42. ZARBA! Sherzod Karimovning zarbasi biroz noaniq ketdi

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Kasyan boshi bilan Sherzod Karimovga uzatdi.  Yarim himoyachi yaqin masofadan osonlik bilan darvozani ishg'ol etdi - 1:2. 

45+1. Birinchi taym tugadi, tanaffus


46. Ikkinchi taym boshlandi

61. Qadamboy Nurmetovning chamasi 16 metrlardan yo'llagan zarbasi aniq, biroq kuchsiz chiqdi...

68. Doston Ibragimovni jamoadoshlari qulay vaziyatga chiqarishdi. Yarim himoyachi to'pni darvozabon ustidan oshirib darvozaga yo'llashga urindi, ammo ijro mukammal chiqmadi.

86. Sherali Jo'raevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Akbar To'raev egallab oldi...

O'yin tugadi, "Surxon" safarda g'alabaga erishdi



“Qizilqum” - “Surxon” 1:2 
7 mart 2020 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:15
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Timur Gaynullin, Andrey Sapenko, Naim Qosimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Erkin Baxtiyorov

Gollar: Aleksandr Kasyan 3, - 0:1. Ruslan Margiev 12, - 1:1. Sherzod Karimov 44, - 1:2 (Aleksandr Kasyan).

"Qizilqum": Ruslan Matniyazov, Abdi Bashimov, Vezirgeldi Ilyasov, Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Qadamboy Nurmetov (Vohid Shodiev, 73), Salim Mustafoev, Sherali Jo'raev, Makkartni Navaseb (Doston Ibragimov, 38), Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov (Doniyor Usmonov, 84).
Zaxira: Artyom Makosin, Mirjalol Qosimov, Humoyun Abdualimov, Fayzulla Qambarov, Muhsinjon Ubaydullaev, Azizbek Usmonov.

"Surxon": Akbar To'raev, Abduqahhor Hojiakbarov, Vladimir Bubanya, Rahmatullo Berdimurodov, Husniddin G'ofurov, Sherzod Karimov (Sardor Sulaymonov, 81), Shavkat Salomov (Asror G'ofurov, 87), Aleksandr Kasyan (Aziz Ibragimov, 90), A'zam Aliev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich.
Zaxira: Asilbek Amonov, Azamat Ahmedov, Dilshod Jabborov, Nuriddin Hasanov, Behruz Shaydulov, Sarvar Soliev. 

Ogohlantirishlar: Sherzod Karimov 33, Oleg Tolmasov 47, Aleksandr Kasyan 52, Vezirgeldi Ilyasov 52,


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia