Superliga o'yinlari haqida memlar paydo bo'ldi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2018
Kecha Superliganining 2ta uchrashuvi bo'lib o'tdi.

16 mart kuni bo'lib o'tgan "Buxoro" - "So'g'diyona" va "Metallurg" - "Qo'qon-1912" bahslaridan so'ng o'zbek futboliga o'z munosabatini bildirib kelayotgan Uzzmem telegram kanali yana ajoyib memlar yaratishdi

Ular "Buxoro"ning yangi logotipini taqdim etishdi. Surat ostida yozilishicha, Nasriddin Afandi va uning eshagi klub ramzi ekan.


Navbatdagi mem esa aynan "Buxoro"ning eshagi bilan bog'liq bo'ldi. Buxoro klubi "So'g'diyona"ni 3:0 hisobida taslim etganidan so'ng, eshak Jizzax klubining yangi logotipidagi bo'rini do'pposlagani aks etgan mem namoyish etildi.


Navbatdagi suratga o'zingiz izoh bering


So'nggi rasmlar esa "Metallurg" hamda "Qo'qon-1912" o'yiniga (1:0) bag'ishlandi.


Ushbu o'yinda uchrashuv hakam ofsayd bo'lmagan vaziyatda, golni hisobga olmadi va o'yindan tashqari holat deb e'lon qildi. Mem ustalari esa bunday surat yasashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://t.me/uzzmem