Superliga. "Neftchi" qizil, "Nasaf" ko'k libosda maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2018
Bugun Superliga 1-tur doirasidagi “Neftchi” - “Nasaf” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida yig'ilish (miting) ham bo'lib o'tdi.

Yig'ilish “Istiqlol” stadionida o'tkazildi.

Mitingda bir qator tashkiliy masalalar qatori, bugungi bo'ladigan “Neftchi” -“Nasaf” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi haqida ham o'zaro kelishib olindi.

Demak, bugun “Neftchi” futbolchilari  qizil-ko'k  rangli liboslarda maydonga tushadi. “Nasaf” jamoasi futbolchilari esa  ko'k  rangli liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi bugun “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz