Superliga. "Paxtakor" OKMKni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - OKMK uchrashuvi boshlandi.

17:00. "Paxtakor" – OKMK 3:1

⚽️ Gol: 21 - Flamarion (Hojiakbar Alijonov), 45+1 - Dostonbek Hamdamov, 46 - Aziz Xolmurodov, 62 - Muhammadqodir Hamraliev (Flamarion)

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Abdurashid Erkinov.

Zaxira hakami: Dias Galeev

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Vladislav Seytlin

Komissar: Abdulbosit Valixonov

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 7. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 34. Sherzod Nasrullaev, 17. Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 72), 50. Flamarion (23. Abdurauf Bo'riev, 81), 27. Sardor Sobirxo'jaev (21. Bashar Resan,72), 77. Oybek Bozorov (Ibrohim Ibragimov,72), 10. Akmal Mozgovoy, 14. Rustam Turdimurodov (19. Pyotr Pajishek,64).

Zaxira: Vladimir Nazarov, 77. Dilshod Saitov, 15. 3. Shahzod Azmiddinov, 20. Dilshod Abdullaev.

OKMK: 23. Hamidullo Abdunabiev, 6. Avazbek O'lmasaliev (3. Shahzod Toirov,59), 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 22. Saidafzalxon Ahrorov, 44. Abror Karimov, 5. Giorgi Papava, 9. Aziz Xolmurodov, 28. Arihiro Sentoku (11. Ali Abdurahmonov, 77), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (21. Hazratjon Tursunqulov, 87), 10. Asadbek Sobirjonov (18. Rian Islomov,77), 88. Siavash Haqnazariy (27. Urosh Koyich.77).

Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 13. Eldor Begimov, 4. Mirjamol Qosimov, 8. Abubakr Rizo Turdaliev,

🟨 Ogohlantirish:

🟥 Chetlatish:

MATNLI TRANSLYATSIYA

Uchrashuv yakunlandi

90+4. Hojimatning zarbasi ustunga tegmoqda

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

81. Bo'riev maydonga tushdi, u Flamarionni alishtirdi

77. Koyich, Abdurahmonov va Islomov maydonga tushdi, ular Sentoku, Xaqnazari, Sobirjonov maydonni tark etdi

72. Erkinov, Ibragimov va Resan maydonga tushdi, ular Sobirxo'jaev, Hamdamov va Bozorov maydonni tark etdi

69. Pyotr Pajishekning zarbasi noaniq ketdi

67. Flamarionning zarbasini darvozabon qaytardi

64. Turdimurodovning o'rniga Pajishek maydonga tushdi

62. GOOOL. Flamarion burchakdan uzatgan to'pini Hamraliev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi

60. Turdimurodovning zarbasini darvozabon qaytardi

59. Alijonovning xavfli zarbasiga aniqlik yetishmadi

59. Shahzod Toirov maydonga tushdi, u jarohat olgan Avazbek O'lmasalievni alishtirdi

55. Mezbonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Flamarionning zarbasi himoyachilarga tegdi, Hamdamovning zarbasiga esa aniqlik yetishmadi

52. Ikkinchi bo'limda umuman boshqa OKMKni ko'rmoqdamiz. Haqnazarining zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

50. Turdimurodov jarohat oldi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

49. Turdimurodov darvozabon bilan deyarli birga bir chiqdi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi

⚽️ 46. GOOOL. Xolmurodov hisobni qisqartirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

⚽️ 45+1. GOOOL. Dostonbek Hamdamov jarimadan super gol urmoqda

41. OKMKning uchrashuvdagi ilk aniq zarbasi. Abdurazzoqovning zarbasini Quvvatov ushlab oldi

39. OKMK tezkor qarshi hujum tashkil qilgandi, biroq so'nggi vaziyatda mehmonlar o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi

36. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Flamarion boshi bilan zarba yo'lladi, ushbu vaziyatda Xaqnazari darvozaga kirayotgan to'pni qaytardi

35. Hamdamov raqib maydonchasining ichida yiqildi, Xaqnazari bu vaziyatda "toza" o'ynadi

28. Mezbonlardan navbatdagi ajoyib hujum. Bu safar Nasrullaevning uzatmasidan so'ng Turdimurodov zarba yo'lladi, uning zarbasiga esa aniqlik yetishmadi

⚽️ 21. GOOOL. Alijonovning ajoyib uzatmasidan so'ng Flamarion hisobni ochdi.

16. To'p nazorati to'liq mezbonlarda. "Sherlar" to'pga egalik qilmoqda, biroq so'nggi nuqtani qo'yishda oqsamoqda

14. Sentoku qanotdan kirib bordi va to'pni ajoyib tarzda uzatdi. Bu vaziyatda Alijonov yaxshi harakat qildi

7. Uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda

Uchrashuv boshlandi


Manba: championat.asia