Superliga: Muxlis yig'ish bo'yicha yetakchi "Neftchi", "Bunyodkor" oxirgi o'rinda

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025, 11:36
PFL matbuot xizmati joriy mavsum Superliga jamoalari qancha muxlis to'play olgani haqida ma'lumot e'lon qildi.

Bir o'yinda o'rtacha muxlis tashrifi bo'yicha vodiyning uch jamoasi yetakchi bo'ldi. "Neftchi" har uchrashuvda o'z arenasiga o'rtacha 12 263 muxlisni yig'a olgan. "Navbahor" 9629, "Andijon" esa 9614 nafar muxlis bilan ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallashdi. Joriy mavsumda ishqibozlarni stadionga yig'ishda eng yomon natija qayd etgan jamoa "Bunyodkor" bo'ldi. Toshkent klubi o'rtacha 928 nafar muxlis bilan uy uchrashuvlarini o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz