Superliga. Markaziy o'yinlarda kimda qanday imkoniyat? Derbida ustunlik qaysi jamoada? - Ekspert fikri

Iskandarov Abdulaziz
10 mar 2026, 11:07
Superliganing 3-turidan muhim bahslar va derbi o'rin olgan.

O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan "Navbahor" bu safar endi 2 ta o'yinda g'alabani o'ziniki qilgan "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Xuddi shunday "Andijon" "Neftchi" maydoniga safar qiladi. Bu bahslar oldidan sobiq futbolchi Artyom Filiposyan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

"Neftchi" – "Andijon"

- Bu o'yin juda qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. Sababi, maydonga ikki vodiy jamoasi tushadi. Bunday bahslarda muhit hamisha ajoyib bo'ladi, chunki har ikki jamoaning muxlislari ham juda faol va sadoqatli.

"Neftchi" bu yil mavsumni yaxshi boshladi: ikki o'yinda 6 ta gol urdi va himoyada ham hali gol o'tkazmadi. "Andijon" ham yaxshi shakllangan jamoa. Shuning uchun bu bahs haqida aniq bashorat qilish qiyin - imkoniyatlar 50/50. Kuchli jamoa g'alaba qozonsin.

"Mashal" – "Qizilqum"

- "Mashal" jamoasi bu yil chempionatni kutilgandek boshlay olmadi. "Qizilqum" esa ancha yaxshi shakllangan jamoa. Ular o'tgan turda "Andijon"ni mag'lub etishdi va hozir jamoada motivaciya yuqori.

Shu bilan birga, "Mashal" har qanday raqibni mag'lub etishga qodir jamoa. Ammo hozirgi holatdan kelib chiqsak, bu o'yinda "Qizilqum"ni favorit deyish mumkin.

"Paxtakor" – "Navbahor"

- Bu turning eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lishi mumkin. Har ikki jamoa ham kuchli.

"Paxtakor" dastlabki ikki turda g'alaba qozondi va jamoa yaxshi shakllangan. "Navbahor" ham yaxshi tarkibga ega. Timur Kapadze jamoani yaxshi shakllantirgan va o'yin ham mazmunli chiqmoqda.

Umuman olganda, bu bahsda ham imkoniyatlar deyarli teng - 50/50. Kuchli jamoa g'alaba qozonsin deb qolaman.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia