Superliga klublari uchun "zayavka" topshirish 8 fevraldan boshlanadi

Xayrulla Xoliqov
5 fev 2018, 17:52
Bu yil oliy liga nomi Superligaga o'zgarganidan va 12ta jamoa ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Futbolchilarni, klub rahbariyati hamda murabbiylarni ichki musobaqalar uchun ro'yxatdan o'tkazish bu yil 8 fevral kuni boshlanadi va 23 fevralga qadar davom etadi. Ma'lumki, har bir klub ikki marta "zayavka" topshirish imkoniga ega bo'ladi.

Bir kunda ikkitadan klub o'z futbolchilari va murabbiylarini ro'yxatdan o'tkazadi. Ro'yxatdan o'tkazishning birinchi bosqichi 8 fevraldan 15 fevralgacha davom etadi. 16-23 fevral kunlari esa jamoalar yakuniy hujjatlarni PFLga taqdim etishadi.

Quyida kim qachon "zayavka" topshirishini keltirib o'tamiz.

8 fevral. "Neftchi"/"Qizilqum"
9 fevral. "Metallurg"/AGMK
12 fevral. "Qo'qon-1912"/"So'g'diyona"
13 fevral. "Buxoro"/"Navbahor"
14 fevral. "Bunyodkor"/"Paxtakor"
15 fevral. "Lokomotiv"/"Nasaf"

16 fevral. "Neftchi"/"Qizilqum"
19 fevral. "Metallurg"/AGMK
20 fevral. "Qo'qon-1912"/"So'g'diyona"
21 fevral. "Buxoro"/"Navbahor"
22 fevral. "Bunyodkor"/"Paxtakor"
23 fevral. "Lokomotiv"/"Nasaf"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia