Superliga klublari yanvar oyida qachondan, qayerda yig'in o'tkazishadi?

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 13:01
2020 yilgi Superliga bahslari start olishiga 2 oydan kam vaqt qoldi.

Yangi yil bayramini o'tkazib olgan klublarimiz shu kunlarda yig'inlarni boshlashadi.

Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan uch klubimiz yanvar oyida BAAda yig'in o'tkazishadi. "Paxtakor" qisqa muddat Toshkentda mashg'ulot o'tkazadi va keyin xorijga yo'l oladi.

"Nasaf", "Mashal", "Buxoro" va "Navbahor" klublari bu yildagi ilk yig'inni o'z qarorgohlarida o'tkazishadi.

"So'g'diyona", "Surxon", AGMK va "Qo'qon-1912" esa poytaxtda yig'in boshlashadi. "Andijon" ikki kun o'z qarorgohida shug'ullanadi va Yangierga yo'l oladi. Bekobodning "Metallurg" klubi Chirchiqda tayyorgarlikni olib boradi.

Faqatgina Navoiyning "Qizilqum" klubining rejalari haqida aniq ma'lumot olishning imkoni bo'lmadi. Bosh murabbiy Hamidjon Aktamov bilan bog'lana olmadik.


#

Jamoalar nomi

Yig'in boshlanish sanasi

Yig'in o'tkaziladigan joy

1

Paxtakor

3-13 yanvar

15-30 yanvar

Toshkent

BAA - Abu Dabi

2

Bunyodkor

6-17 yanvar

BAA - Al Ayn

3

Lokomotiv 

3-15 yanvar

BAA - Abu Dabi

4

So'g'diyona

5 yanvar

Toshkent

5

Metallurg

4 yanvar

Chirchiq

6

Surxon

6 yanvar

Toshkent

7

Nasaf 

3 yanvar

Qarshi

8

AGMK

3 yanvar

Toshkent

9

Navbahor

7 yanvar

Namangan

10

Andijon 

4-6 yanvar 

6-18 yanvar

Andijon 

Yangier

11

Qo'qon-1912

4 yanvar

Toshkent

12

Buxoro

5 yanvar

Buxoro

13

Qizilqum

aniq emas

aniq emas

14

Mashal

5 yanvar

Muborak


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia