Superliga. "Buxoro" 7 yildan buyon Navoiydan g'alabasiz qaytmoqda

Iskandarov Abdulaziz
9 avg 2025, 11:13
Superliganing 17-tur uchrashuvlariga oid qiziqarli ma'lumotlarni berishda davom etamiz.

Bu turda Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lgan "Buxoro" 0:1 hisobida engildi. Shu tariqa "Ko'hna shahar" jamoasi 7 yildan buyon raqibini safarda taslim qila olayotgani yo'q. Ulug'bek Bakaev shogirdlari oxirgi marotaba 2018 yil Navoiydan ortga g'alaba bilan qaytgan. 

Shuningdek, "Buxoro" Navoiyda o'tgan ketma-ket uchinchi o'yinda "Qizilqum" darvozasiga yo'l topa olmadi. 

"Buxoro" keyingi uchrashuvda 13 avgust sanasida "Xorazm" kuch sinashadi, "Qizilqum" 12 avgust kuni Olmaliqqa tashrif buyuradi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia