Superliga. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yini Toshkentda emas, Olmaliqda bo'ladi

Alisher
18 sen 2021, 12:51
O'zbekiston Superligasi doirasida 21 sentyabrda o'tkaziladigan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" bahsi "Bunyodkor" stadionida o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Ammo, ayni damda Bunyodkor jamoasining uy maydonida ayollar jamoalari Osiyo chempionatiga saralash o'yinlarini o'tkazayotgani sababli Bunyodkor - Lokomotiv bahsi Olmaliq sport majmuasida tashkil qilinadi. Bahs belgilanganidek 19:00da start oladi.

Yoshlar jamoalari o'rtasidagi uchrashuv esa 20 sentyabr kuni Bunyodkor akademiyasida tashkillashtiriladi. Ushbu bahs 16:30da boshlanadi.

→ “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi hech qaerga ko'chirilmaydi 



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lokomotiv.uz