Superliga. Bugungi Toshkent viloyati derbisi bilan 23-tur start oladi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2021, 09:51
Superliganing 23-turiga AGMK Toshkent viloyati derbisida maydonga tushadi. Raqib Bekobodning Metallurg jamoasi.

Bu to'qnashuv jamoalarning chempionat doirasidagi o'zaro 28-bellashuvi bo'ladi. Toshkent viloyati derbisida AGMK va "Metallurg" chempionat doirasida 27 marotaba to'qnash kelgan. O'tkazilgan uchrashuvlarda 12 g'alaba AGMK hisobiga, 12 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 3 bellashuvda esa g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati 47-49, Olmaliq klubi foydasiga.

Umumiy hisob-kitobga ko'ra, AGMK va "Metallurg" barcha musobaqalarda jami 32 marotaba to'qnash kelgan va unda AGMK 14 g'alaba, "Metallurg" 15 g'alaba va qolgan 4 bellashuvda durang natijasi qayd etilgan.

Ayni paytda AGMK 22 o'yinda musobaqa jadvalida 40 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda turibdi. Metallurg esa 19 ochko to'plagan holda 10-o'rinni egallab turibdi.

Bulajak bahsni FIFA hakami Asker Najafaliev boshqaradi.

Mazkur tayinlov Asker Najafaliev uchun AGMK ishtirokidagi 7-bahsga aylanadi. Hozircha ushbu hakam ishlagan o'yinlarda AGMK 4 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Ajoyib o'yin va qizg'in derbida jamoalarni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarni futbolga chorlaymiz! Uchrashuv 21 oktyabr Bekoboddagi Markaziy stadionda soat 18:15da boshlanadi.




21 oktyabr, payshanba
Metallurg – AGMK
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Jahongir Rahmatullaev


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia