Superliga. Bugun 2-tur boshlanadi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2019, 08:00
Bugun O'zbekiston Superligasida 2-tur uchrashuvlari start oladi.

Navoiydagi "Yoshlar" sport markazida "Qizilqum" klubi Olmaliqning AGMK klubini qabul qiladi. O'yin soat 18:15da boshlanadi.

Dastlabki turda "Qizilqum" o'z uyida "Andijon" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. AGMK esa o'z maydonida "Buxoro" bilan murosa ko'chasini tanladi - 0:0.




Turning ikkinchi o'yini Bekobodda "Metallurg" va "Buxoro" klublari o'rtasida kechadi. Mazkur bahs soat 20:15ga belgilangan.

Ilk turda "Metallurg" Termizda "Surxon" mehmoni bo'lib, 1:1 hisobida durang o'ynagandi. "Buxoro" esa Olmaliqda AGMK bilan nursiz durang qayd etgan edi - 0:0.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia