Superliga. "Andijon" - "Paxtakor" o'yiniga oid ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
16 may 2019, 14:24
Bugun Superliganing 9-turiga start beriladi.

Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Andijon" mezbon sifatida "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18:30da boshlanadi. Quyida ushbu o'yinga doir bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Andijon"

- "Andijon" turnir jadvalida 7 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. Jamoa bitta o'yinda zafar quchib, 4 marta durang o'ynagan va 3 bor mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati 7-11. 

- "Andijon" Superligada faqat bitta o'yinni yutgan uch jamoadan biri bo'lib turibdi. Yana ikkita klub - "Buxoro" bilan "Qo'qon-1912". 

- "Andijon" oxirgi 3 turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa ikki bor durang qayd etib, bir marta mag'lub bo'ldi.   

- Bu jamoaning yagona g'alabasi uydagi o'yinda qo'lga kiritilgan bo'lib, 5-turda "Andijon" "Nasaf"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan. 

- "Andijon" shu paytgacha "Paxtakor"ga qarshi jami 46ta o'yin o'tkazib, shundan faqat to'rttasida g'alabaga erishgan. 

"Paxtakor"

- "Paxtakor" hali mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi. Jamoa 8ta o'yinning oltitasini g'alaba bilan tugatdi va ikki bor durang qayd etdi. To'plar nisbati 15-7. 

- "Paxtakor" juda g'alati natija ko'rsatyapti: mavsumni ketma-ket uchta g'alaba bilan boshlagan "sherlar" keyin durang qayd etishdi. Undan keyin yana qatorasiga uchta g'alaba ro'y berdi va shundan so'ng yana durang. 

- "Paxtakor" bugun safarda to'rtinchi uchrashuvini o'tkazadi. Shu paytgacha bo'lib 3ta o'yinning ikkitasida Shota Arveladze shogirdlari zafar quchib, bir marta durang o'ynashdi. 

- "Paxtakor" safar o'yinlarida 4ta gol urib o'z darvozasidan ikki bor to'p olib chiqqan. 

- "Paxtakor" bungacha "Andijdon"ga qarshi jami 46ta uchrashuv o'tkazib, shundan 34tasini o'z foydasiga hal etgan. 

Oxirgi 5 o'yin 

2016 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 1:0 

2015 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 0:1 

2014 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 0:1

2012 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 2:4 

2011 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 2:1 

Jamoalarning o'zaro oxirgi beshta o'yiniga nazar tashlasak, uch marta "Paxtakor" g'alaba qozonib ketgan. Ikki bor "Andijon" zafar quchgan. "Paxtakor" ikki marta 1:0 va bir safar 4:2 hisobida g'alaba qozongan. "Andijon" esa 1:0, 2:1 hisoblarida o'z raqibini mag'lub etgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia