Superliga 3,5 mlrd evro tufayli UEFAni sudga beradi

Omonjon To`xtamirzayev
8 fev 2024, 15:21
Gap millardlar haqida ketmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, loyiha rahbarlari yangi turnirning starti cheklovlar va Aleksander Cheferin boshchiligidagi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining bosimi jiddiy moliyaviy zarar etkazdi, deb hisoblashmoqda.

Jumladan, Superliganing milliardlab evro zarar ko'rishiga, "JP Morgan" bilan kelishilgan musobaqa startiga aloqador kredit borligi sabab sifatida tilga olinmoqda. 2021 yilda tomonlar 2,8%ga kelishishgandi, lekin hozir gap kamida 6,3% haqida ketmoqda.

Shuningdek, asoschilar televizon huquqlar sotuvidan tushishi kerak bo'lgan mablag' bo'yicha zararni qoplanishi so'ralgan.

Moliyaviy etirozlardan tashqari, Superliga UEFA Yevropa Ittifoqi sudining - "UEFA Yevropada klublar o'rtasida musobaqalar tashkil qilish bo'yicha monopoliyaga ega emasligi va yangi loyihaga bosim o'tkazishga qonuniy jihatdan haqqi yo'qligi" to'g'risidagi qarorini to'liq bajarmaganlikda ayblamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS