Superliga-2019. "Surxon" o'z uyidagi ilk mag'lubiyatni qabul qildi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2019, 12:45
Superliganing 14-turida "Surxon" Termizda "Nasaf" bilan o'ynadi.

Uchrashuvda "ajdarlar" 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu tariqa, "Surxon"ning o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi. Termizliklar o'z uyida 7ta uchrashuv o'tkazib 4ta g'alaba va 3ta durang qayd etishgandi.

Shunday qilib bu mavsumda o'z maydonida yutqazmagan ikkita klub qoldi - "Lokomotiv" va "Paxtakor".



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia