Superliga: 10-turning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018
Superliganing 4, 5 va 6 may kunlariga belgilangan 10-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi.

4 may kungi ikki o'yin – “Bunyodkor” va “Nasaf” hamda “Neftchi” – “Lokomotiv” jamoalarining uchrashuvlari bir paytda - 18:00da bo'lib o'tishi rejalashtirildi. Sababi, shu kuni 2019 yilda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 20:10da boshlanadi. “Sport” telekanali mazkur tadbirni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishni rejalashtirmoqda.

Shundan kelib chiqib, “Bunyodkor”  -  “Nasaf” o'yini 18:00da jonli efirga uzatiladi, huddi shu paytda boshlanadigan “Neftchi” – “Lokomotiv” o'yini esa yozib olingan holda kechki dasturlarda, aniqrog'i, 21:25dan boshlab "Sport" kanalida ko'rsatiladi.

10-tur
4 may (juma)

18:00 “Bunyodkor” - “Nasaf” (jonli)
18:00 “Neftchi” - “Lokomotiv” (yozib olinadi)

5 may (shanba)
18:30 AGMK - “So'g'diyona”
20:30 “Qizilqum” - “Metallurg”

6 may (yakshanba)
18:00 “Paxtakor” - “Qo'qon-1912”
20:00 “Buxoro” - “Navbahor”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz