Superliga 1-turida qaysi o'yinni ko'rgani borasiz?

Xayrulla Xoliqov
22 fev 2022, 17:41
Superliganing yangi mavsumi boshlanishiga ham juda oz vaqt qolyapti.

Ma'lumki, bu yilgi o'yinlar 2 mart kuni start oladi. Shu kuni 2ta uchrashuv bo'lib o'tadi. PFL dastlabki turning boshlanish vaqtlarini ma'lum qildi. Unga ko'ra, birinchi turning barcha uchrashuvlari 18:30da start oladi. 

Coca-Cola Superliga. 1-tur

2 mart, chorshanba

18:30. NEFTCHI – QO'QON-1912 (Yaypan, "O'zbekiston" stadioni)

18:30. OLIMPIK – SURXON (Toshkent, "Paxtakor" stadioni)

3 mart, payshanba

18:30. NAVBAHOR – NASAF (Namangan, "Markaziy" stadion)

18:30. BUNYODKOR – SO'G'DIYONA (Toshkent, "Bunyodkor" stadioni)

18:30. DINAMO – PAXTAKOR (Samarqand, "Dinamo" stadioni)

4 mart, juma

18:30. QIZILQUM – LOKOMOTIV (Olmaliq, OKMK stadioni)

18:30. METALLURG – AGMK (Bekobod, "Metallurg" stadioni)



Albatta, ko'pchilik yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapti. Shunday bo'lsa-da, o'quvchilarimiz fikrini bilish maqsadida Telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ydik. Yani, "Superliga 1-turida qaysi o'yinni ko'rgani stadionga borasiz?" degan manoda. 

O'tgan vaqt davomida 21 mingdan ziyod muxlis yuqoridagi savolga javob sifatida o'z variantini belgilagan. Eng ko'p ovozni 48 foiz bilan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi oldi. Ko'rinib turibdiki, ko'pchilik shu o'yinni sabrsizlik bilan kutmoqda. 

21 foiz ishtirokchi "Stadionga borishga vaqtim bo'lmasa kerak" degan variantda to'xtalgan. Bu qolgan o'yinlarga nisbatan ko'proq foiz degani. Ehtimol, 1-tur chorshanba-payshanba-juma kunlariga qo'yilgani bois ko'pchilik ishda (o'qishda) bo'lar, shu bois vaqt bo'lmasligi mumkin. 

"Bunyodkor" - "So'g'diyona"ga borishni xohlovchilar 10 foizni tashkil etgan bo'lsa, so'rovnomada qatnashganlarning 9 foizi "Neftchi" - "Qo'qon-1912" bahsini ko'rish uchun stadionga borishni maqul ko'rgan.

Bu borada "Dinamo" - "Paxtakor" 6 foiz ovoz to'pladi, "Olimpik" - "Surxon" 3 foiz, "Qizilqum" - "Lokomotiv" esa 2 foiz ovoz to'pladi. Eng qizig'i, Toshkent viloyati derbisi "Metallurg" - AGMK uchrashuvini stadionda ko'rishni atigi 1 foiz muxlis maqul deb bilgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia